“Britaniyalik” koronavirus Yevropaning yana bir davlatiga kirib bordi

Olam

image

Avvalroq Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi koronavirus turi Ruminiyada ham aniqlandi. Bu haqda bugun, 8 yanvar kuni Ruminiya radiosi xabar berdi.

“Bemorda kasallikning yengil shakli bor va u uyda belgilangan davolash kursini o‘tamoqda”, deya radio Buxarestdagi Matey Balsh nomidagi Milliy yuqumli kasalliklar instituti vakilining so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

U – Giurgiu tumanidan (mamlakat janubida) yashovchi 27 yoshli ayol. Xabarlarga ko‘ra, ayol Ruminiyadan chetga chiqmagan. Tuman sog‘liqni saqlash boshqarmasi batafsil epidemiologik tekshiruv o‘tkazadi.

Infeksiya tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatish uchun Ruminiyada tashkil etilgan strategik aloqa guruhiga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida mamlakatda 4841 kishi koronavirus virusini yuqtirgan, 96 bemor vafot etgan. Pandemiya boshlanganidan buyon Ruminiyada jami 663 799 kishi koronavirus bilan kasallangan, 595 007 gafar odam sog‘aygan, 16 506 kishi vafot etgan.

Koronavirus infeksiyasining ilk holati Ruminiyada 2020 yil 26 fevralda qayd etilgan. 16 mart kuni mamlakatda 30 kunlik muddat ichida favqulodda holat e’lon qilingan. 14 aprelda u bir oyga uzaytirilgan. 14 may kuni favqulodda holat signalizatsiya rejimini o‘zgartirgan, bu avval hokimiyat tomonidan kiritilgan cheklov choralarini biroz yumshatishni nazarda tutadi. O‘shandan beri ushbu rejim har oy uzaytirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing