Britaniyalik bokschi afsonaviy promouter Don King ustidan sudga murojaat qildi

Sport

image

Eng og‘ir vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni britaniyalik Deniel Dyubua (18-1, 17 KO) afsonaviy amerikalik promouter Don King ustidan sudga murojaat qildi. Bu haqda “BoxingScene” nashri yozmoqda.

Prokuratura bayonotiga ko‘ra, Dyubuaning amerikalik Trevor Brayan (22-1, 15 KO) bilan jangini uyushtirgan King ingliz bokschisiga berilishi kerak bo‘lgan pulning bir qismini to‘lamagan. Ayblovchi tomon Don 463,3 ming dollardan 938,2 ming dollargacha bo‘lgan pullarni to‘lamasdan kelayotganini iddao qilmoqda.

Dyubuaning jamoasi yetti hafta davomida pulni Kingdan olish uchun harakat qilgan. Biroq harakatlar besamar ketgan. Shundan so‘ng, ular sudga murojaat qilishga qaror qilgan.

Dyubua va Brayan o‘rtasidagi jang joriy yilning 12 iyun kuni Mayamida (AQSH) bo‘lib o‘tgan. Bahsning to‘rtinchi raundida britaniyalik raqibini nokautga uchratgan. Shu tariqa, 24 yoshli Dyubua o‘z faoliyatida ilk bor Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Don King

Baholaganlar

45

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar