Britaniyaga 1 million muhojir kerak – “The Times”
Olam
−
19 dekabr 2022 11493 1 daqiqa
Buyuk Britaniya ishchi kuchiga bo‘lgan talabni qondirish uchun har yili 1 milliondan ortiq muhojirni qabul qilishi kerak. Bu haqda “The Times” gazetasi bugun, 19 dekabr kuni Social Market Foundation tadqiqot tashkiloti hisobotiga tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday tanqislik, jumladan, aholining qarishi va malakali kadrlar yetishmasligi bilan bog‘liq. Tadqiqot mualliflari, shuningdek, immigrantlar uy ishchi kuchini siqib chiqarish emas, balki to‘ldirishi kerak, deb hisoblaydi.
Tashkilotning katta ilmiy xodimi Jonatan Tomasning qayd etishicha, Buyuk Britaniya bu yo‘lda migratsiyani strategik jihatdan shakllantirishga yordam berishga e’tibor qaratishi zarur. Bu, xususan, muhojirlarni kelgusidagi mehnat faoliyatiga tayyorlash maqsadida ularning kelib chiqish mamlakatlari bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatishni o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, ekspertlar Britaniya rasmiylarini Fransiya bilan La-Mansh kanali orqali mamlakatga kirib kelayotgan noqonuniy muhojirlar sonini kamaytirish uchun konstruktiv kelishuv tuzishga chaqirmoqda. Joriy yilda La-Mansh dengizini noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha rekord o‘rnatilgan. Britaniyalik jurnalistlarning so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgacha bu yo‘l orqali mamlakatga deyarli 45 ming kishi o‘tgan (2021 yilda bu ko‘rsatkich 28,5 ming kishi, 2020 yilda – 8,4 ming kishini tashkil etgan). Noqonuniy migrantlar orasida Afg‘oniston, Eron, Iroq va Albaniya fuqarolari ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Live
Barchasi