Britaniyada qirol Charlz III tasviri tushirilgan ilk tangalar namoyish etildi

Olam

image

Buyuk Britaniya Qirollik zarbxonasi yangi Qirol Charlz III tasviri tushirilgan ilk tangalarni taqdim etdi. Bu haqda Qirollik zarbxonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Bugun biz qirolicha Yelizaveta II ning hayoti va merosiga bag‘ishlangan esdalik tangalar kolleksiyasida ilk bor paydo bo‘lgan Qirol Charlz III ning birinchi rasmiy suratini taqdim etishdan faxrlanamiz”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, esdalik tangalar kolleksiyasi 3 oktyabrda sotuvga chiqariladi. 50 pens tangalar bu yil muomalaga chiqariladi.

“Qirolicha Yelizaveta II va qirol Charlz III portretlari tushirilgan tangalar uzoq yillar davomida muomalada bo‘ladi”, deydi matbuot xizmati.

Tangalardagi qirol portreti ingliz haykaltaroshi Martin Jennings tomonidan yaratilgan va shaxsan Charlz III tomonidan tasdiqlangan. Qirollik va numizmatik an’analarga ko‘ra, tangadagi qirolning yuzi chap tomonga, ya’ni oldingi monarx qaragan tomonga qarama-qarshi tomonga buriladi. Masalan, portretdagi qirolicha Yelizaveta II ning yuzi o‘ng tomonga burilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Yelizaveta II hukmronligining 70 yili davomida Britaniya tangalarida uning surati besh marta o‘zgargan. Uning portreti tushirilgan birinchi tangalar 1953 yilda toj kiyish marosimidan so‘ng, malika 27 yoshda bo‘lganida chiqarilgan. Yelizaveta portretlari 1 farting (1/4 tiyin), yarim penni va tiyin, uch va olti penni, bir va ikki shilling nominalidagi tangalarda, toj va yarim tojlarda, keyinroq oltin suverenlarda paydo bo‘lgan. Yangi dizayndagi tangalar 1968 yilda, qirolicha 42 yoshdaligida, keyin 1985 yilda, qirolicha 60 yoshga kirganida, va 1998 yilda - 72 yoshida paydo bo‘lgan. Qirolicha Yelizaveta II ning so‘nggi portreti Britaniya tangalarida 2015 yilda aks ettirilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing