Britaniyada inflyatsiya 1982 yildagi rekordni yangiladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniyada joriy yilning iyul oyida rasmiy inflyatsiya darajasi o‘tgan asrning rekordini yangiladi va yillik hisobda 10,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Iyun oyiga nisbatan iste’mol narxlari 0,7 foizga oshgan. Hozirgi natija 1982 yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Joriy yil davomida so‘nggi o‘n yilliklarda qayd etilgan bir qancha rekordlar allaqachon yangilangan.

Iqtisodchilar esa iyul oyida inflyatsiya 9,8 foizgacha yetishini taxmin qilishgandi. Biroq inflyatsiya taxmin qilinganidanda baland bo‘ldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, narxlarning o‘sishi mamlakatda davom etayotgan tirikchilik tannarxi inqirozi sharoitida, uy xo‘jaliklarining real daromadlarini yanada pasayishiga olib kelishi mumkin.

Oziq-ovqat inflyatsiyasi yanada yuqori bo‘ldi va yillik ko‘rsatkichda 12,3 foizni tashkil etdi, bu 1981 yil martidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Avgust oyi boshida Angliya banki o‘zining asosiy stavkasini 0,5 foiz punktdan, 1,75 foizga ko‘tardi, bu 1995 yildan beri kuzatilgan birinchi holat.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing