Britaniya Ukrainaga yana 1000 ta raketa beradi

Olam

image

Buyuk Britaniya Ukrainaga yana 1000 ga yaqin “yer-havo” raketalari va ularni uchirish uchun moslamalar yetkazib beradi. Bu haqda kecha, 9 noyabr kuni Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ushbu qurollar Rossiyaning qanotli raketalarini ham, dronlarini ham urib tushirishga qodir.

“Yana yuzlab “yer-havo” raketalarini berish Ukrainaning Rossiya agressiyasidan mudofaasini qo‘llab-quvvatlashimizni davom ettiradi va Ukrainaning muhim milliy infratuzilmasi uchun noqonuniy hujumlar tahdidiga qarshi turishga yordam beradi”, deydi Uolles.

Shu kuni vazir Buyuk Britaniya va hamkor mamlakatlardan kelgan instruktorlar 7400 dan ortiq ukrainalik askarni tayyorlayotgan ikkita o‘quv markaziga tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Rossiya Ukraina hududini ommaviy o‘qqa tuta boshladi. 1 noyabr kuni Prezident Zelenskiy ushbu zarbalar oqibatida mamlakat energetika infratuzilmasining 40 foizga yaqini allaqachon zarar ko‘rganini aytgan edi. Kiyev raketaga qarshi mudofaa tizimini mustahkamlashda nafaqat G7 davlatlaridan, balki Isroildan ham yordam so‘ramoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing