Britaniya Ukrainaga qachongacha yordam berishini ochiqladi

Olam

image

Buyuk Britaniya Ukrainaga jangovar harakatlar paytida ham, Kiyev qo‘ygan barcha maqsadlarga erishilgunga qadar ham, vayron qilingan infratuzilmani tiklashda ham harbiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatishda davom etadi. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, TASS nashri xabar berdi.

“Urushda g‘alaba qozonguncha, suverenitet tiklanmaguncha ularga yordam beramiz. Lugansk, Donetsk, Xerson, Zaporoje yoki Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini hech qachon tan olmaymiz. Bu Ukrainaning bir qismi. Ukraina bu urushda g‘alaba qozonsa, biz ularga o‘z uylarini, iqtisodlari va jamiyatlarini tiklashda yordam beramiz”, deydi Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli.

Uning so‘zlariga ko‘ra, London Ukraina hukumatini g‘alabaga qadar qo‘llab-quvvatlashda davom etish uchun strategik chidamlilikka ega.

Kleverlining ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya Ukrainadagi faol harakatlari orqali o‘zini xalqaro siyosatda shunchaki sharhlovchi emas, balki maydondagi o‘yinchi ekanligini ko‘rsatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing