Britaniya tarixidagi eng katta parranda grippi epidemiyasiga duch keldi

Olam

image

Buyuk Britaniyada mamlakat tarixdagi eng yirik parranda grippi epidemiyasi aniqlandi. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.

Bugun, 3 oktyabr holatiga ko‘ra, kasallik tufayli uch milliondan ortiq parranda nobud bo‘lgan. Hozirda Buyuk Britaniya bo‘ylab 155 ta joyda parranda grippi aniqlangan. Britaniyaning janubi-g‘arbiy qismida parranda grippining oldini olish zonalari joriy etilgan.

Buyuk Britaniyaning Atrof-muhit, oziq-ovqat va qishloq taraqqiyoti departamenti rasmiylar fermerlar manfaatlarini himoya qilish uchun harakat qilayotganini ta’kidlagan.

“Vazirlikning maqsadi parranda grippi avj olishiga qarshi kurashish va kasallikni imkon qadar tezroq yo‘q qilishdir”, deyiladi xabarda.

Milliy fermerlar ittifoqi agar Buyuk Britaniya tarixidagi eng yomon parranda grippi tarqalishi davom etsa, Rojdestvo kurkalarini yetkazib berish xavf ostida qolishi mumkinligini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, parranda grippi butun dunyoda keng tarqalgan A grippi virusi shtammlari keltirib chiqaradigan yuqumli kasallikdir. Yovvoyi qushlarning ko‘p turlari o‘zlarining sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan aniq belgilarsiz virusni yuqtirishdan omon qolishadi, ammo ba’zilari, shu jumladan xonaki parrandalarda odamlarga yuqishi mumkin bo‘lgan kasallik rivojlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing