Britaniya tarixidagi eng qimmat ajrim. Dubay amiri 6-xotiniga 550 mln funt to‘laydi
Olam
−
21 dekabr 2021
14450BAA Bosh vaziri, Dubayning multimilliarder hukmdori, xotiniga 251.5 million funt sterling miqdorida tovon puli to‘laydi. Bu haqda bugun, 21 dekabr kuni Buyuk Britaniya Oliy sudi hukm chiqardi.
Iordaniya sobiq Qirolining qizi, 47 yoshli malika Haya Bint Al-Husayn, Dubay Amiri shayx Muhammad bin Rashid al-Maktumning 6 nafar xotini orasida yeng yoshi hisoblanadi.
Sud hukmida belgilangan summa malika Hayaga tegishli bo‘lgan ikki million funtlik mulkni boshqarish xarajatlarini qoplash va uning xavfsizligini ta’minlash uchun ajratilmoqda. Malikaga tegishli mulklarning biri Londonning Kensington saroyi yonida, boshqasi esa Britaniyaning Surrey grafligidagi Egam shahrida joylashgan va uning asosiy rezidensiyasi hisoblanadi.
Shuningdek, sud hukmida malika va shayxning nikohidan tug‘ilgan ikki nafar farzandning har biriga, yillik 5,6 million funt sterling miqdorida kafolatlangan to‘lovlar ham tayinlangan. Malikaning 14 yoshli qizi va to‘qqiz yoshli o‘g‘li bor. Bundan tashqari farzandlar 290 million funt sterling kafolat puli bilan ham ta’minlanadigan bo‘ldi.
Malika 2019 yilda, Shayx Muhammad o‘zining mamlakatdan qochib ketgan ikki qizi - Shayxa Latifa va Shayxa Shamsani ularning xohishiga qarshi Dubayga qaytarib olib kelgani ortidan o‘z hayotini xavf ostida deya hisoblay boshlagan. Haya 2019 yilda bolalari bilan birga Dubaydan qochib Britaniyada boshpana topgan.
72 yoshli Shayx Muhammad Oliy sud tomonidan unga nisbatan qo‘yilgan farzandlarini o‘g‘irlash haqidagi ayblovni rad etgan.
Shayx malika Hayani Britaniya armiyasining sobiq qo‘riqchisi bilan ishqiy munosabatda bo‘lganlikda gumon qilib, unga tahdid sifatida “Yashading, o‘lding” nomli she’riy to‘plamini chop etgan. Britaniyaga ko‘chib o‘tgan malikaga tinimsiz tahdidli xabarlar kela boshlagan. Tahdidlarda “Biz seni qayerda bo‘lsang ham, albatta, topamiz” deyilgan. Shundan so‘ng o‘z hayoti va farzandlaridan xavotirda bo‘lgan malika xavfsizlik uchun katta mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri kelgan. Bugun e’lon qilingan sud qarorida Haya va bolalarining xavfsizligi uchun ham katta miqdordagi mablag‘ ajratilishi belgilangan.
Behruz Saidov
LiveBarchasi