Britaniya Rossiya delegatsiyasiga eshiklarini yopdi

Olam

image

Britaniya hukumati 2-6 iyul kunlari Birmingemda bo‘lib o‘tadigan YeXHT Parlament assambleyasining (PA) yillik sessiyasida ishtirok etish uchun Rossiya delegatsiyasiga viza berishdan bosh tortdi. Bu haqda Federatsiya kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarov ma’lum qildi. 

“Rossiya Federal Majlisining barcha a’zolari Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatida ekanligini hisobga olib, biz Assambleya rahbariyati, shuningdek, Rossiya TIV rahbariyatidan zudlik bilan parlamentariylarimizga ushbu eng muhim parlamentlararo tadbirda [PA sessiyasi] ishtirok etishi uchun Buyuk Britaniyaga kirish vizalarini berish Britaniya tomoniga kafolatlar berish masalasini ishlab chiqish va hal qilishni so‘radik.  

Afsuski, biz Buyuk Britaniya hukumati Rossiya delegatsiyasining YeXHT PAdagi a’zolariga, ular mamlakatga qanday maqsadda tashrif buyurishlaridan qat’i nazar, viza bera olmaydi, degan javob oldik”, deydi parlament vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya tomonining Rossiya parlament delegatsiyasiga nisbatan bunday kamsitish harakatlari YeXHT PA 2016 yilgi deklaratsiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. Hujjatga ko‘ra, YeXHTga a’zo davlatlarning har qanday rasmiy tadbirlarida ishtirok etuvchi Parlament Assambleyasining barcha a’zolariga o‘z hududlariga kirish uchun zarur bo‘lgan vizalar yoki ruxsatnomalar berish orqali, hech bo‘lmaganda, tadbirlar o‘tkaziladigan vaqt davomida majburiy ravishda to‘siqsiz kirishini ta’minlashi kerak. 

“Rossiya parlamenti delegatsiyasining YeXHT PA yillik yozgi sessiyasida ishtirok etishi mumkin emasligidan kelib chiqib, Federal Majlis delegatsiyasi rahbari rahbariyat va assambleyaning barcha a’zolariga bayonot yubordi. Rossiya delegatsiyasini assambleya sessiyasida ishtirok etishdan chetlashtirish tadbirning o‘ziga va butun tashkilotga bo‘lgan ishonchni jiddiy ravishda pasaytiradi. Biz yo‘qligimizda qabul qilingan sessiyaning barcha qarorlari, jumladan, yakuniy deklaratsiya ham biz tomonimizdan qonuniy deb tan olinmaydi”, deydi Jabarov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing