Britaniya Lukashenkoning Putinga jigargo‘shaligini javobsiz qoldirmadi

Olam

image

Buyuk Britaniya hukumati Belarusdan temir, po‘lat, qurol olib kirishni taqiqladi va kaliyli o‘g‘itlarga nisbatan cheklovlarni kengaytirdi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati saytida xabar berilgan.

"Bugun, 5 iyul kuni Belarusga nisbatan yangi sanksiyalar kuchga kirdi. Bularga qurol, tegishli materiallar, temir va po‘lat importini taqiqlash, kaliyli o‘g‘itlar va minerallarga nisbatan kengaytirilgan cheklovlar kiradi", deyiladi hujjatda. 

Taqiq, shuningdek, po‘lat, temir va minerallar bilan bog‘liq faoliyatni osonlashtirish uchun "mablag‘larni ajratish, texnik, moliyaviy va brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish"ni ham o‘z ichiga oladi.

Qayd etilishicha, cheklov Belarusda ishlab chiqarilgan barcha tovarlarga qo‘yilgan bo‘lib, ularni Britaniyaga boshqa mamlakat orqali olib kirish ham taqiqlanadi. 

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Belarusga qarshi sanksiyalar kengaytirilishiga Aleksandr Lukashenkoning (Belarus fuqarosi) Rossiyaning Ukrainaga bosqinini faol qo‘llab-quvvatlagani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing