Britaniya kvartali Greenwich’da oilalar uchun TOP–3 xonadonlar
Biznes
−
07 yanvar 2021
8075Golden House Britaniya kvartali Greenwich'da cheklangan miqdordagi noyob xonadonlarni taqdim etadi.
Keng mehmonxonada butun oilangiz bilan yig‘ilib o‘tirish, yoziladigan divanda dam olish, televizor ko‘rish, tog‘lar ko‘rinib turadigan balkonga o‘tib, ajoyib manzaradan rohatlanish, salqin kunlarda esa inglizcha kamin oldida qaynoqqina choydan bahramand bo‘lish – Britaniya kvartali Greenwich’da bularning barchasining imkoni bor.
Turar joy majmuasidagi barcha xonadonlar ichida ba’zilari o‘zgacha ajralib turadi va ular majmuada cheklangan miqdorda mavjud. Bu qanday xonadonlar va ular nima uchun xaridorlarga qiziq ekanini ko‘rib chiqamiz.
92,8 m² maydonga ega uch xonali xonadon. Bu xonadon panoramali oynalarga ega, Britaniyaning o‘sha timsoli – Big-Ben soat minorasini eslatuvchi ulkan soatlar ostida joylashgan.
Ushbu xonadonning o‘ziga xosligi shundaki, unda yotoqxonalar bir biridan alohida joylashgan va maydon simmetrik tarzda qismlarga bo‘lingan. Xonadondan ikkita yotoqxona, ikkita sanuzel, oshxona bilan birlashtirilgan keng mehmonxona, shuningdek, hordiq chiqarish uchun shinam joyga aylanishi yoki ish kabineti sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan lojiya o‘rin olgan. Shu bilan birga, oshxona derazalari panoramali bo‘lib, bu maydonning yorug‘, keng va toza havoga to‘yingan bo‘lishiga xizmat qiladi. Butun devor bo‘ylab oynaband qilingani xonaning tabiiy yorug‘ bo‘lishini ta’minlaydi va atrofdagi go‘zal manzaralardan zavq olish imkonini beradi.
Maydoni 95,22 m² bo‘lgan original tarhga ega nostandart uch xonali xonadon. Maydon kattaligi va o‘ziga xosligi inobatga olingan holda qismlarga bo‘lingan. Bu yerda umumiy maydonning yashash maydonlariga bo‘lgan nisbati to‘g‘ri va samarali amalga oshirilgan. Kiraverishda xolldan oshxonaga o‘tish mumkin, keng mehmonxona derazalaridan tog‘lar va majmua xiyobonining ajoyib manzaralari aks etib turadi, ikkita yotoqxona sanuzel bilan ajratilgan, ularning bittasida esa shaxsiy sanuzeli bor, shuningdek, uy bekalari qulayligi uchun kichik kir yuvish xonasi ko‘zda tutilgan. 5 m² maydonga ega balkondan ochiladigan manzara dam olishga, samimiy suhbatlarga va do‘stlar bilan chaqchaqlashib o‘tirishga chorlaydi.
Uchinchi turdagi xonadon xuddi avvalgisiday, lekin xonadonlar aksincha joylashgan va yuqori qavatlarda joylashgani uchun unda istiqomat qiluvchilarga derazalardan tog‘larga va Britaniya kvartali Greenwich xiyoboniga bo‘lgan mo‘jazgina manzaralarni tuhfa etadi.
Bu xonadonlar ijodkor insonlar hamda erkinlik va shaxsiy rivojlanishga intiladigan barcha insonlarning orzusidir. Bunday muhit ajoyib manzaralarni xush ko‘ruvchi va ulardan ilhom oluvchi barcha insonlarga ijodiy quvvat bag‘ishlaydi . Shunday qilib, Britaniya kvartali Greenwich’da nafaqat qulaylik va shinamlikka, balki unumlilik va funksionallikka ham ahamiyat qaratiladi.
Greenwich haqida batafsil ma’lumot olish uchun call-markazga murojaat qiling yoki savdo ofisiga tashrif buyuring.
Call-markaz: (+998) 78-150 −11−11
Greenwich savdo ofisi: Mirobod tumani, Yangizamon va Sayxun ko‘chalari kesishmasi
Mo‘ljal: Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi