Britaniya Xitoyni josuslikda ayblamoqda
Olam
−
14 yanvar 2022
4294Britaniyaning MI5 xavfsizlik agentligi Xitoy josusi mamlakat Parlamenti a’zolarini pora bilan sotib olib, Angliya siyosatiga aralashishga uringani haqida xabar berdi. Xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, Kristin Ching Kui Li Xitoy Kommunistik Partiyasi va Britaniya Parlamenti vakillari o‘rtasida sirli aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
Hatto, u “Mehnat” partiyasi vakili Barri Gardinerga xayriya sifatida 420 ming funt sterlingdan ko‘proq pul o‘tkazib bergani ma’lum bo‘lgan.
Xitoyning Londondagi elchixonasi MI5ni Buyuk Britaniyadagi Xitoy hamjamiyatiga qarshi “tuhmat va tahdid” qilishda ayblamoqda. Ayblovlar ortidan, elchixona Matbuot kotibi Xitoy har doim boshqa davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilishini ta’kidlab, bayonot bilan chiqqan.
"Bizda hech qanday xorijiy mamlakat parlamentiga "ta’sir o‘tkazish uchun ehtiyoj yo‘q va hech qachon bunga intilmaymiz ham. Biz MI5ning Buyuk Britaniyadagi Xitoy hamjamiyatini qoralash va qo‘rqitish borasidagi nayrangiga qat’iy qarshimiz", deyiladi bayonotda.
O‘ziga qo‘yilgan Parlament faoliyatiga aralashuv haqidagi ayblovlarni Li xonim, “Xitoy va Britaniya aloqalarini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar”, deya oqlagan.
Ammo MI5ning ta’kidlashicha, faoliyat Xitoy Kommunistik Partiyasining "Birlashgan Front Mehnat Departamenti” (BFMD) muvofiqligida yashirin holda, Xitoy va Gonkongdagi chet el fuqarolari tomonidan moliyalashtirish yo‘li bilan amalga oshirilgan.
BFMD yetarlicha siyosiy kuchga ega Britaniya rasmiylari bilan Xitoy Kommunistik Partiyasi o‘rtasida aloqalarni yaxshilash va Xitoyni josuslikda ayblaganlarga nisbatan jiddiy chora ko‘rilishiga umid bildirmoqda.
Xavfsizlik xizmati, Li xonim Buyuk Britaniya siyosiy spektridagi shaxslar bilan yaqin aloqada bo‘lganini aytmoqda. Hattoki, hozirda tarqatib yuborilgan Britaniyadagi sobiq partiyaning parlament guruhiga uning a’zolari tomonidan “Buyuk Britaniyadagi Xitoy" deb nom ham qo‘yib olingani ma’lum bo‘lgan.
Britaniya xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, mamlakat siyosiy faoliyatiga aralashish bo‘yicha surishtiruv ishlari hali davom ettiriladi.
Behruz Saidov
LiveBarchasi