Britaniya qirollik oilasi ukrainalik qochqinlarni uy bilan ta’minlayapti – OAV

Olam

image

Buyuk Britaniyada hukmron Vindzorlar sulolasi vakillari ukrainalik qochqinlarni zarur uy-joy bilan ta’minlash orqali ularga yordam bermoqda. Bu haqda “Daily Express” nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda Buyuk Britaniyada ukrainaliklar uchun homiylik ostida boshpana berish sxemasi mavjud. Shu bilan birga, hukumat qochqinlarni qabul qilgan britaniyaliklarga oyiga 350 funt sterling (449 dollar) to‘laydi.

Qayd etilishicha, 100 000 dan ortiq britaniyaliklar allaqachon ukrainalik qochqinlarni, jumladan aktyor Benedikt Kamberbetch va Transport vaziri Grant Shepps qabul qilish istagini bildirgan. Shu bilan birga, ukrainalik qochqinlarga yordam berishda qirollik oilasidan kimlar ishtirok etayotgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

“Biz turli yo‘llar bilan yordam bermoqdamiz, ammo qo‘shimcha izoh bermaymiz”, deyiladi Bukingem saroyi bayonotida. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 96 yoshli qirolicha Yelizaveta II an’anaga ko‘ra siyosiy mavzularda gapirmay, mart oyida Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan Vindzor qasrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda stol ustiga sariq va ko‘k gullardan iborat guldasta qo‘ydirib, Ukrainadagi voqealarga munosabatiga ishora qilgan. Bu Ukraina bayrog‘iga ishora demakdir. 

Shu bilan birga, shahzoda Charlz va uning rafiqasi hamda uning o‘g‘li Uilyam hamda Kembrij gersoginyasi Buyuk Britaniyadagi ukrain diasporasi vakillari bilan uchrashuvda Rossiya hujumini ochiqdan-ochiq tanqid qilgan. 

Birlashgan Qirollik homiylik sxemasidan tashqari, Buyuk Britaniyada yashayotgan ukrainaliklarning qarindoshlari ham mamlakatga kelishi uchun oilalarni birlashtirish dasturini ishga tushirgan. Umuman olganda, Rossiya hujumi boshlanganidan keyin 54 mingga yaqin ukrainalik qochqin Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tgan. Qirollik rasmiylari ukrainaliklar uchun 107 ming kirish vizasi bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing