Britaniya armiyasi Afg‘onistondagi 60 dan ortiq bolaning yostig‘ini quritdi – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

2006 yildan 2014 yilgacha Afg‘onistondagi Britaniya harbiy operatsiyalari paytida 60 dan ortiq bola halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni BBC teleradiokompaniyasi xabar berdi.

Buyuk Britaniya hukumati Afg‘onistondagi Britaniya armiyasining harakatlari tufayli bolalarini yo‘qotgan bunday oilalarga tovon puli to‘ladi, deya xabar beradi “Qurolli zo‘ravonlik bo‘yicha harakat” (Action on Armed Violence) xayriya tashkiloti.

Ilgari Buyuk Britaniya hukumati rasmiy ravishda qirollikning harbiy harakatlari natijasida atigi 16 afg‘on bolasi halok bo‘lganini tan olgan edi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati “havo hujumlari va o‘zaro otishmalar natijasida” qayd etilgan.

Xayriya direktori Ien Overton shaffof ma’lumot bermaydigan Britaniya hukumatini tanqid qildi. 

“Bu borada siyosiy munozaralarning yo‘qligi Buyuk Britaniya hukumati sodir bo‘lgan voqeadan saboq olganmi yoki yo‘qmi degan savollarni tug‘diradi”, deya qo‘shimcha qildi u.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Afg‘onistonning 289 nafar tinch aholisi o‘limi uchun 688 ming funt sterling (taxminan 777 ming dollar) to‘lagan.

Quvonchbek G‘aybullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing