Britaniya 25 yil ichida birinchi marta Rossiyadan yoqilg‘i import qilmadi

Olam

image

2022 yil iyun oyida Buyuk Britaniyaning Rossiyadan tovarlar importi hajmi 33 million funt sterlingga kamaydi. Bu so‘nggi 25 yildagi eng past ko‘rsatkich bo‘lib, birinchi marta Rossiya yoqilg‘isi umuman import qilinmadi. Bu haqda bugun, 24 avgust kuni Buyuk Britaniya Milliy statistika boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, London tomonidan Moskvaga nisbatan joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalar fonida 2022 yil iyun oyida Rossiyadan tovar importi 33 million funt sterlingni tashkil etgan. Bu 1997 yilning yanvar oyidan beri eng past ko‘rsatkichdir.

2022 yil iyun oyida Rossiyaga mahsulot eksporti 83 million funt sterlingni tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan biroz o‘sdi. Biroq, Rossiyaga tovarlar eksporti qiymati tarixan pastligicha qolmoqda. 2022 yilning iyuniga kelib, Rossiyaga eksport 2022 yilning fevraligacha bo‘lgan 12 oylik o‘rtacha oylik eksportga nisbatan 168 million funt sterlingga (66,9 foizga) kamaygan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya Rossiyadan ko‘proq import qila boshlagan yagona tovar o‘g‘it bo‘lgan. Iyun oyida o‘g‘it importi 61,6 million funt sterlingni tashkil etib, bu 2022 yil fevralgacha bo‘lgan 12 oy uchun o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,4 million funt sterlingga yoki 2,3 foizga ko‘pdir. Britaniya Rossiyaga faqat tibbiy va farmatsevtika mahsulotlari, organik sintez mahsulotlari va turli elektrotexnika tovarlarni eksport qilishda o‘sgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing