“Britancha” shtammni yuqtirgan qiz bilan bir samolyotda kelganlar karantinga olindimi?
Jamiyat
−
01 fevral 2021
11683Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 23 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridan qaytgan o‘zbekistonlikning oilaning 10 yashar qizida koronavirusning “britancha” shtammi aniqlangani haqida xabar bergan edik. Xo‘sh, u bilan kelgan oila a’zolarining ahvoli qay darajada? Shuningdek, samolyot bortida bo‘lgan boshqa yo‘lovchilar karantinga olindimi? Ushbu savol bilan QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovga murojaat qildi.
Samolyotda bo‘lgan boshqa odamlar taqdiri nima kechdi? Ushbu kasallikka chalingan odam bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlari orasida karantin tadbirlari o‘tkazildimi? Albatta, laboratoriyada tekshirish mobaynida kimda virus qayd etilsa, biz o‘sha virus bor odamlarni ekspress uslubda aniqlaymiz. Bu uslubda tekshirish uchun bor-yo‘g‘i 15 daqiqa talab qilinadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, biz bemorlarni aniqlash orqali ularni umumiy yo‘lovchilar orasidan ajratib olamiz”, deydi Otabekov.
Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida, xususan boshqa mamlakatlardan virusning yangi shtammlarini kirib kelishini oldini olish uchun joriy yilning 1 martiga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali O‘zbekistonga kirish)ni to‘xtatish kabi choralar ko‘rilgan. Otabek xalqaro aviatashuvlarga to‘xtalarkan, samolyotlarda bort kuzatuvchilari tomonidan har bir yo‘lovchi ogohlantirilayotganini ma’lum qildi.
“Qaysi hududdan kelishidan qat’i nazar, samolyotdagi bort kuzatuvchilari tomonidan axborotlar taqdim etiladi. Samolyot bortida bemorlar bo‘lsa, biz bundan boxabar bo‘lamiz. Shunday bo‘lgan taqdirda ham davlat chegaralarini kesib o‘tish joylarida o‘tkazilgan tekshiruvlar orqali bizning qiladigan ishimiz kasallikka chalinganlarni alohidalab olish. Bu holatda ham bevosita kasalikka chalingan shaxs aniqlab olingan. Kasallikka mo‘ljallangan shifoxonaga yotqizilgan va u bilan muloqotda bo‘lganlar karantinga olingan. Samolyot bortidagi odamlar haqidagi axborot ham joylarga yuborilgan. Ular ham kuzatuv ostida bo‘ladi.
Bizning asosiy maqsadimiz – kasallik manbaini tezda jilovlab olish va aholi orasiga kirib, kasallikning tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik. Bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlar orqali hozir O‘zbekiston davlat chegaralarini kesib o‘tish joyida sal kam 100 ga yaqin kasalliklarni dastlabki bosqichida aniqlash imkoniyatiga va ularni alohidalash imkoniyatiga egamiz”, deydi Otabekov.
LiveBarchasi