“Britancha” koronavirus nechta mamlakatga kirib borgani aytildi

Olam

image

Koronavirusning dastlab Buyuk Britaniyada tarqala boshlagan yangi varianti dunyoning 70 ta mamlakatida aniqlangan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida ma’lum qilindi. 

"Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining barcha oltita mintaqasidagi 70 ta mamlakat "britancha" virus aniqlangani haqida xabar berishdi", deyilgan xabarda. 

Bundan tashqari, 31 ta mamlakatda koronavirusning Janubiy Afrikadan topilgan yangi varianti aniqlangan.

Ma’lumot uchun, "britancha" mutatsiya 2020 yil sentyabr oyida Angliyaning janubi-sharqida aniqlangan. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning “britancha” varianti 70 foiz ko‘proq yuqumli bo‘lishi mumkinligini e’lon qilgan. 

Janubiy Afrika Hukumati esa 2020 yil 21 dekabr kuni mamlakat janubida oktyabr oyida yangi va tajovuzkor koronavirus shakli topilganini e’lon qildi. “501.V2” virusi Janubiy Afrikada epidemiyaning ikkinchi to‘lqinini keltirib chiqardi va yanvar oyining o‘rtalarida avjiga chiqdi. Dastlabki tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, koronavirusning bu turi juda yuqori darajada tarqalmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

"britancha" koronavirus

Baholaganlar

256

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar