BRICS kengaymoqda: Misr, Turkiya, Saudiya guruhga qo‘shilish niyatida
Olam
−
14 iyul 2022
12910Misr, Turkiya va Saudiya Arabistoni BRICS'ga (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) a’zolik uchun ariza berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BRICS xalqaro forumi prezidenti Purnima Anandga ma’lum qilgan.
"Bu mamlakatlarning barchasi a’zolikka qiziqishlarini bildirgan va a’zolik uchun ariza berishga tayyorlanmoqda. Menimcha, bu yaxshi qadam, chunki kengayish har doim ijobiy qabul qilinadi, bu BRICS'ning butun dunyo bo‘ylab ta’sirini oshirishi aniq”, deydi Anand.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlarning assotsiatsiyaga kirishi ko‘p vaqtni talab qilmasligi kerak. Keyingi sammitda Argentina, Misr, Eron, Saudiya Arabistoni va Turkiyani o‘z ichiga olgan beshta davlatdan ayrimlarining BRICS'ga kirishi bo‘yicha munozara va mumkin bo‘lgan qarorni kutish mumkin.
"Umid qilamanki, mamlakatlarning BRICS'ga kirishi juda tez amalga oshiriladi, chunki endi assotsiatsiya yadrosining barcha vakillari kengayishdan manfaatdor. Demak, bu juda tez orada sodir bo‘ladi", deydi xalqaro forum prezidenti.
LiveBarchasi