Brent nefti bir barrel uchun 87 dollardan yuqori narxda sotilmoqda

Olam

image

Bugun, 22 noyabr kuni xalqaro birjalarda Brent nefti bir barrel uchun 87,47 dollar atrofida baholanmoqda. 

Kecha, 21 noyabr kungi so‘nggi kimoshdi savdosida ushbu markadagi neftning bir barrel narxi 87,86 dollarga yetdi, biroq kun 87,45 dollar atrofida yakunlandi. 

22 noyabr soat 09:46 holatiga ko‘ra, ushbu benchmark neft narxi 0,02 foizga oshib, bir barrel uchun 87,47 dollarni tashkil qildi. 

WTI rusumli neft uchun fyuchers narxi bir barrel uchun 79,95 dollarni tashkil etdi. 

Brent markali neft narxi joriy yilning yanvar oyidan beri eng past darajaga tushib, bir barrel uchun 82,3 dollarni tashkil qildi. Saudiya Arabistoni rasmiylari neft yetkazib berishning ko‘payishi haqidagi xabarlarni rad etganidan so‘ng, bozor o‘z yo‘qotishlarining katta qismini qopladi. 

Jumladan, Saudiya Arabistoni Energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon iddaolardan farqli ravishda, hozirgi kunda kvotani kuniga 2 million barrelgacha qisqartirish 2023 yil oxirigacha davom etishini aytdi. 

Ar-Riyod talab va taklif dinamikasi talab qilsa, keyingi qisqartirishga tayyorligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Brent

Baholaganlar

63

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar