Brent nefti 25 martdan beri ilk bor barrel uchun 120 dollardan oshdi
Biznes
−
31 may 2022
64062022 yil avgust oyida yetkazib beriladigan Brent markali neft uchun fyuchers shartnomasining narxi Londonning ICE birjasida 2 foizdan ko‘proqqa o‘sdi va 2022 yil 25 martdan beri birinchi marta bir barrel uchun 120 dollardan oshdi.
Bugun, 31 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:15 holatiga ko‘ra, Brent nefti narxi 2,1 foizga oshib, barreli uchun 120,07 dollarni tashkil qildi.
Soat 11:30 ga kelib Brent narxi pasaydi va bir barrel uchun 119,83 dollarni (+1,9%) tashkil etdi.
Shu bilan birga, 2022 yil iyul oyida yetkazib beriladigan WTI neftining fyucherslari narxi 3,52 foizga oshib, bir barrel uchun 119,12 dollarni tashkil qildi.
LiveBarchasi