Brent nefti 21 fevraldan beri ilk bor 93 dollardan pastga tushdi

Olam 2561
image

Joriy yilning oktyabr oyida yetkazib beriladigan Brent markali neft uchun fyuchers shartnomasining narxi 21 fevraldan beri birinchi marta bir barrel uchun 93 dollardan pastga tushdi. Buni London ICE fond birjasi ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Birja ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 26 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:26 da Brent nefti 1,3 foizga arzonlagan va bir barrel uchun 92,9 dollarni tashkil qilgan.

Soat 18:55 ga kelib Brent markali neftning narxi bir barrel uchun 94,36 dollarni tashkil etgan (+0,25 foiz). 

Shu bilan birga, 2022 yil sentyabr oyida yetkazib beriladigan WTI neftining fyucherslari 0,32 foizga oshib, bir barrel uchun 87,09 dollarni tashkil qilmoqda.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 66
Reyting: 2.9
t
×