“Biznesni rivojlantirish banki”ning BRB-TECH kompaniyasi vakillari xalqaro sammitda ishtirok etdi
Biznes
−
14 may 3367 2 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Dubai Fintech Summit – 2025” sammiti bo‘lib o‘tdi. Raqamli moliya, sun’iy intellekt, blokcheyn va moliyaviy innovatsiyalar bo‘yicha dunyoning yetakchi mutaxassislarini o‘zida birlashtiruvchi mazkur sammit sohadagi xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan eng nufuzli tadbirlar sirasiga kiradi.

E’tiborlisi, bu yilgi tadbirda “Biznesni rivojlantirish banki”ning BRB-TECH IT- kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.
Sammit doirasida “Alibaba Cloud” va Birlashgan Arab Amirliklari Markaziy Banki (CBUAE) kabi yirik muassasalar bilan Sun’iy intellekt (AI), Fintech va Raqamli Pul (Digital Money) yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan dastlabki muzokaralar o‘tkazildi.

Bu safar BRB-TECH jamoasi uchun xalqaro maydonda o‘z imkoniyatlarini kengaytirish, hamkorlik tarmog‘ini mustahkamlash va O‘zbekiston fintech ekotizimini ilgari surishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Mazkur xalqaro tadbir yanada kuchliroq integratsiya, innovatsion yechimlar va mintaqaviy yetakchilik sari yo‘l ochgani bilan yanada ahamiyatlidir.

Ma’lumot uchun, “Dubai Fintech Summit – 2025” moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha global hamkorlik maydoni bo‘lib, DIFC (Dubai International Financial Centre) tashabbusi bilan tashkil etildi.

Bu yilgi tadbirlar 150 dan ortiq global spikerlar – fintech, bank va regulyator sohalaridan bo‘lgan 10 mingdan ortiq ishtirokchini o‘zida birlashtirdi. Sammit 100 dan ortiq davlatlar vakillarini qamrab olganini ham alohida e’tirof etish joiz.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur sammit butun dunyo bo‘ylab fintech yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, innovatsiyalarni tatbiq etish va raqamli transformatsiyani jadallashtirish uchun muhim platformaga aylandi.

Batafsil ma’lumot olish uchun:
Sayt. Facebook. Instagram. Telegram. You tube.
Live
Barchasi