Braziliyadagi qamoqxonadan eng yirik jinoiy guruh a’zolari qochib ketdi

Olam

image

Braziliyaning shimoli-g‘arbida joylashgan qamoqxonadan 26 nafar mahbus qochib ketdi. Bu haqda “Reyter” axborot agentligi xabar bermoqda.

Kecha, 20 yanvar kuni Paragvayning Braziliya bilan chegarasiga yaqin joylashgan qamoqxonadan esa tonnel orqali 75 mahbus qochgandi. Ularning barchasi Braziliyaning eng yirik jinoiy guruhi PCC’ga qarashli kishilar hisoblanishi aytilmoqda. 

Agentlikning ma’lum qilishicha, mahbuslar Akri shtatida joylashgan jazoni ijro etish muassasasidan 20 yanvar kuni, tong saharda qochishgan. Ulardan biri qo‘lga olingan. 

Rasmiylar ushlanganlardan birining aynan o‘sha jinoiy guruh a’zosi bo‘lgan-bo‘lmagani va ikkala qochishning bir-biriga aloqasi bor-yo‘qligi to‘g‘risida hozircha ma’lumotga ega emasliklarini aytmoqda.

PCC – Braziliyaning aksariyat shtatlarida, shuningdek, mavjud bo‘lgan yirik jinoiy guruh hisoblanadi. Ayni kunda uning bir necha ming tarafdorlari turli qamoqxonalarda o‘tirishibdi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing