Braziliyada o‘limga olib keluvchi zamburug‘ga chalinish holati qayd etildi 

Olam

image

Braziliyada o‘limga olib keladigan va dori-darmonga chidamli bo‘lgan Candida auris zamburug‘i yuqtirilishi bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. Bu haqda Braziliyaning sanitar nazorat bo‘yicha Anvisa tashkilotiga asoslanib xabar berilgan. 

"Zamburug‘ Baiya shtatidagi shifoxonada, intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan bemorda aniqlandi", deyilgan xabarda. 

Tadqiqot natijasi ikkita laboratoriyada tasdiqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Candida auris birinchi marta 2009 yilda Yaponiyadagi bir bemorda aniqlangan. Uning ba’zi shtammlari zamburug‘ga qarshi dorilarning asosiy uchta sinfining barchasiga ham chidamli hisoblanadi, bu zamburug‘ni faqat maxsus laboratoriya usullari orqali aniqlash mumkin.

Ta’kidlanishicha, zamburug‘ ustidan laboratoriya nazoratini kuchaytirish tavsiya qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi Eluru shahrida noma’lum kasallik avj olgan. Odamlar kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va ko‘ngil aynishidan shikoyat qilgan. 500 dan ortiq odam tibbiy yordamga murojaat qilgan, ulardan biri vafot etgan. Noma’lum kasallikning avj olishiga qo‘rg‘oshin va nikeldan zaharlanish sabab bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

BRAZILIYa ZAMBURUG'

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar