Braziliyada siyosiy bahsni Dota orqali hal qilish taklif etildi

Olam

image

Braziliyalik deputat Kim Katagiri ommaviy bahsni Dota 2 o‘yini orqali hal qilish taklifi sababli g‘ayrioddiy siyosiy-kibersport mojarosi markazida qoldi. Parlament a’zosi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida, agar yutqazsa, deputatlik mandatidan voz kechishga tayyorligini bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mojaro Rio-de-Janeyro o‘yinlar va kibersport bo‘limi rahbari Chandi Teysheyraning tanqididan keyin boshlangan. Teysheyra Katagirini saylovoldi kampaniyasi davrida videoo‘yinlar va kibersportga bo‘lgan “namoyishkorona” qiziqishi orqali yoshlar ovozini olishga urinishda ayblagan.
Teysheyraning fikricha, siyosatchilar o‘yin madaniyatidan siyosiy marketing vositasi sifatida foydalanmasligi kerak. U o‘z xabarida geymerlar hamjamiyatiga saylovchilar orasida mashhur bo‘lish uchun kibersport klublari atributikasini kiyib, ataylab Dota 2 o‘ynaydigan nomzodlar emas, balki “o‘z vakillari” kerakligini ta’kidlagan.

Deputatni himoya qilib Team Nemesis murabbiyi Filipe Astini chiqqan. U Katagiri anchadan beri Dota 2 ishqibozi ekanini va muntazam ravishda o‘yin translyatsiyalarini (strim) olib borishini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar siyosatchining maqsadi faqatgina saylovchilar e’tiborini tortish bo‘lganida, u ehtimol ommabop bo‘lgan League of Legends o‘yinini tanlagan bo‘lardi.

Tanqidlarga javoban Katagiri ikki jamoa o‘rtasida to‘liq Dota 2 matchi o‘tkazishni taklif qilgan, bunda jamoa sardorlari mojaro ishtirokchilarining o‘zlari bo‘lishi kerak. Deputat mag‘lubiyatga uchragan taqdirda parlamentdagi mandatidan voz kechishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Teysheyra bu taklifni to‘g‘ridan to‘g‘ri rad etmagan, biroq javob tariqasida raqibini “6-1” ish grafigini qo‘llab-quvvatlashda ayblagan va bunday holatda raqibiga match uchun jamoa yig‘ish qiyin bo‘lishiga sha’ma qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

siyosiy bahs Dota 2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar