Braziliyada Rossiya vaksinasi ishlab chiqariladi

Olam

image

Yaqin kunlarda Braziliyada “Sputnik V” koronavirus infeksiyasiga qarshi Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqda TASS Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi bilan hamkorlik qiluvchi “Uniao Quimica” farmatsevtika kompaniyasi Matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

“Rossiyadan xomashyo kelganidan so‘ng, “Uniao Quimica” RDIF bilan texnologiya uzatish bo‘yicha [kelishuvlar] doirasida vaksina ishlab chiqarishni yaqin kunlarda boshlaydi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 6 yanvar kuni zarur bo‘lgan materiallar mamlakat poytaxtiga yetkazilgan. Bundan tashqari, kompaniya “Sputnik V” dozalarini Braziliyaga yanvar oyida yetkazib berish bo‘yicha Moskvada muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Braziliya kompaniyasi Milliy sanitariya nazorati agentligiga ushbu mamlakatda Rossiya vaksinasi klinik sinovlarining uchinchi bosqichini o‘tkazishga ruxsat so‘rab murojaat qilgandi. Bungacha RDIF rahbari Kirill Dmitriyev fond ushbu Lotin Amerikasi davlatida dori ishlab chiqarishga rozi bo‘lganini aytgan edi. Sentyabr oyida RDIF Braziliyaning Bahia shtati bilan 50 million dozagacha vaksinani yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgani to‘g‘risida xabar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing