Braziliyada MMA jangchisini o‘ldirib ketishdi
Sport
−
25 yanvar 2022 8268 1 daqiqa
Kecha, 24 yanvar kuni sobiq UFC va Bellator promoushenlari jangchisi Maykel Falkao Braziliyaning Pelotase shahrida o‘ldirib ketilgan. Bu haqida mahalliy “Gaucha ZH” nashri xabar berdi.
Aralash janglar ustasi tunda shahardagi bar yonida pichoqlab ketilgan. Falkao shifoxonaga olib borilgan, lekin uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Ma’lumot uchun, Maykel Falkao UFC’da bitta jang o‘tkazgan va Jerald Xarrisni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgan. U MMA’da 29 ta jang o‘tkazgan va 26 marta g‘alaba qozonib, 3 bor mag‘lub bo‘lgan.
Falkao Bellator promoushenida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. U o‘rta vazn toifasidagi ketma-ket g‘alabalaridan so‘ng, Aleksandr Shlemenkoga qarshi chempionlik jangida oktagonga ko‘tarilgan, ammo nokaut evaziga imkoniyatni boy bergan.
Live
Barchasi