Braziliya vitse-prezidenti koronavirusga chalindi
Olam
−
28 dekabr 2020 2756 1 daqiqa
Braziliya vitse-prezidenti Amilton Mourau koronavirusga chalindi. Bu haqda "G1" portali Mourauning matbuot xizmatiga asoslanib xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, kecha, 27 dekabr kuni 67 yoshli Mourauning COVID-19 uchun topshirgan testida musbat natija aniqlangan.
Qayd etilishicha, vitse-prezident o‘zi istiqomat qiluvchi Jaburu saroyida izolyatsiyada bo‘ladi.
Matbuot xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, Mourau o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Braziliyada koronavirusga chalinganlar 7 mln 484 ming 285 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 191 ming 146 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025