Braziliya terma jamoasi Pelega hurmatini futbolkasida tasvirladi

Sport

image

Braziliya terma jamoasi futbolkasidagi besh yulduzdan uchtasini yurak belgisiga almashtirib, Pelega hurmat bajo keltirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 82 yoshli futbol afsonasi Pele xastalikdan aziyat chekmoqda va yaqinda tanasida shish paydo bo‘lgani uchun kasalxonaga yotqizilgan edi.

Pele ichak saratoni bilan kurashib kelgan va endi kimyoterapiya ta’sir qilmayotgani aytilmoqda. Natijada u dekabr boshidan umrining oxirigacha tibbiy nazoratda bo‘ladi.

Ammo u o‘shandan beri o‘zining kuchli va quvvatga to‘la ekanligini aytib, sog‘lig‘ida ijobiy yangilanish kuzatilayotgani bilan bo‘lishgan.

Pele o‘z instagram sahifasida: "Do‘stlarim, men hammani xotirjam bo‘lishini istayman. Men kuchliman, umidim katta va odatdagidek davolanishga amal qilaman. Shu o‘rinda barcha tibbiy xodimlar, hamshiralar jamoasiga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi uchun minnatdorlik bildiraman. Men Xudoga juda ishonaman. Shuni ayta olamanki, sizdan olgan har bir muhabbatga limmo-lim xabar menga energiya bag‘ishlaydi. Hammasi uchun katta rahmat", deb aytgan.

Ma’lumot o‘rnida, 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati chorak finalida Braziliya terma jamoasi Xorvatiyaga (1:1) penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing