Bred Pitt va Jorj Kluni yana birgalikda filmda suratga tushadi 

Madaniyat-san’at

image

Mashhur aktyorlar Bred Pitt va Jorj Kluni birgalikda Jon Uotts rejissyorlik qiladigan filmda rol o‘ynaydi. Bu haqda “The Hollywood Reporter” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

Hozircha film haqida tafsilotlar deyarli yo‘q. Ma’lumki, filmda Pitt va Kluni bitta ishga tayinlangan yolg‘iz xodim rolini o‘ynaydi.

Jon Uotts film olinishida rejissyor, ssenariy muallifi va prodyuserlik qiladi. Kluni va Pitt filmni mos ravishda “Smokehouse Pictures” va “Plan B Entertainment” orqali ishlab chiqishadi.

“The Hollywood Reporter” ma’lumotlariga ko‘ra, Sony, Lionsgate, Apple, Netflix, Amazon, Universal, MGM, Warner Bros. va Annapurna filmni suratga olish huquqini qo‘lga kiritish ustida kurash olib bormoqda.

“Kinopoisk” materiallariga ko‘ra, Bred Pitt va Jorj Kluni kamida 10 marta birga filmda suratga tushgan, oxirgi marta – 2014 yilda. Xususan, ular “Oushenning o‘n biri do‘sti”, “O‘qib bo‘lgach, yoqib yubor” filmida birga o‘ynashgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing