Bred Pitt va Anjelina Joli o‘rtasidagi sud natijasi e’lon qilindi

Madaniyat-san’at

image

Gollivudning sobiq yulduzli juftligi Bred Pitt va Anjelina Joli o‘rtasidagi mulkiy mojaro yuzasidan bo‘lib o‘tgan sud majlisi o‘z poyoniga yetdi. Los-Anjelesdagi sud Anjelina Jolining “Miraval Chateau”  vino zavodi bo‘yicha mulkiy kelishuvga bo‘lgan huquqlarini tan oldi. Bu haqda “Page six” nashri xabar berdi. 

“Chateau Miraval” (qal’a) uzumzor va unga qo‘shimcha vino zavodi 2008 yilda Bred Pitt va Anjelina Joli tomonidan sotib olingan. 2014 yilda juftlikning to‘y marosimi aynan shu yerda bo‘lib o‘tgan. Fransiyaning janubidagi ushbu qal’a hududida vino zavodi ham mavjud bo‘lib, 2021 yilda Anjelina Joli o‘z ulushini rossiyalik milliarder, alkogolli ichimliklarning yirik ishlab chiqaruvchisi SPI Group egasi Yuriy Sheflerga sotib yuborgan. Bred Pitt bu voqeadan bir oy o‘tib xabar topgan. Pittning ta’kidlashicha, Joli oldi-sotdi vaqtida uning roziligini olmagan va tafsilotlarni atayin undan yashirgan.

Oxirgi sud majlisida Anjelina Jolining advokatlari uning sobiq turmush o‘rtog‘idan vino zavodining o‘ziga tegishli qismini sotishi noqonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni so‘ragan. Bred Pitt vakillari esa suddan aktrisaning hujjatlar so‘rovini rad etishini talab qilishgan, biroq Los-Anjelesdagi sud Pitt zarur hujjatlarni qarama-qarshi tomonga taqdim etishi kerakligini ma’lum qilgan. Shu tariqa aktyorning urinishlari zoye ketgan va Anjelina Joli sudda g‘alaba qozongan.

Bred Pitt va Anjelina Joli o‘rtasidagi sudlashuvlar shu bilan o‘z nihoyasiga yetdi deyishga hali erta, buning sababi, Gollivud yulduzlari 2019 yilda rasman ajrashgan bo‘lsa-da, hali ham farzandlarining kelajagi masalasini hal qilishmagan. Juftlikning olti nafar farzandi bo‘lib, ulardan uch nafari asrab olingan. Sud jarayonlari vaqtida farzandlar Anjelina bilan qolishadi. Bred Pittning fikricha, bolalar onasiga yanada ko‘proq o‘rganib qolishlari uchun ham Anjelina sud jarayonlarini atayin kechiktirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1028

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing