BP voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan yigitga jinoyat ishi ochilmaganiga izoh berdi
Jamiyat
−
07 avgust 2021
14453Avvalroq, Qashqadaryoda 18 yoshli qiz sevgan yigiti tomonidan bir necha oy davomida zo‘rlab kelingani, biroq yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgani haqida xabar bergandik.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qarshidagi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 18 yoshli qizning zo‘rlangani Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, vaziyat Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilib, joriy yilning 27 iyul kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish qarori bekor qilingan.
To‘plangan hujjatlar qo‘shimcha tekshirish xarakatlarini olib borish uchun Qarshi shahar IIB tergov bo‘limiga yuborilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qarshi shahar Qavali mahallasida yashovchi voyaga yetmagan Sh.J. Shahzod Q. tomonidan 2020 yil oktyabridan 2021 yilning 1 fevraliga qadar zo‘rlab kelingan.
IIB tomonidan holatga oydinlik kiritish maqsadida Shahzod.Q.ga nisbatan bir necha bor sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, ekspertiza xulosalari olingan. Surishtiruv yakunida Shahzod Q.ning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilib, to‘plangan hujjatlarga asosan, JPKning 83-moddasi 2-bandi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
LiveBarchasi