BP 46 ta samolyot haqida tarqatgan “rasmiy” xabari aslida rasmiymasligini rasman e’lon qildi

Jamiyat

image

Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi joriy yilning 14-15 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasining havo hududi chegarasidan 22 ta harbiy samolyot hamda 24 ta harbiy vertolyot noqonuniy o‘tgani, ularning ichida jami 585 nafar qurollangan harbiy xizmatchilar bo‘lgani haqida rasmiy xabar bergan edi. 

Oradan ko‘p o‘tmay, prokuratura o‘zi tarqatgan “rasmiy xabar” tekshirilmagan va dalillar bilan asoslanmaganini aytib, uzr so‘rab chiqdi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonga Afg‘oniston hududidan 46 ta samolyot kirib kelgani haqidagi ma’lumotlarga ishonmaslik kerak. 

“Bosh prokuraturaning “Telegram”kanalida 2021 yil 14-15 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi havo hududi hamda qo‘shni Afg‘oniston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarda ro‘y bergan voqealar haqida bayonot berilgandi.

Qayd etish kerakki, hozirda Afg‘onistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar dunyo hamjamiyati diqqat markazida turibdi. To‘lqinli voqeliklar tufayli aksariyat odamlarda turli-tuman tushunchalar shakllanib kelmoqda. 

Tan olish zarur, har doim ham bunday vaqtda rasmiy manbaalar ham ayrim kamchiliklar, ya’ni axborot tarqatishdagi adashmovchiliklar, tekshirilmagan dalillar yuzasidan ma’lumot berib yuborishi ehtimoldan holi emas.

Shu tarzda, Bosh prokuraturaning “Telegram” kanalida chop etilgan bayonot ham oxirigacha aniqlashtirilmay, mutasaddi idoralarning rasmiy tekshirilgan ma’lumotlariga tayanmagan holda chiqarilgan.

Shu bois, Bosh prokuraturaning “Telegram”kanaliga ma’lumotlarni joylashtirish uchun mas’ul bo‘lgan tarmoq xodimlari shoshma-shosharlik bilan chiqarilgan mazkur bayonot uchun rasman uzr so‘rashmoqda.

Kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmaslik uchun tegishli choralar ko‘rildi”, deyiladi bayonotda. 

QALAMPIR.UZ Bosh prokuraturaning galdagi bayonoti chinakamiga rasmiyligiga umid qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

485

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing