Bozorlardagi narxni monitoring qilish uchun “Bozor narxi” tizimi joriy etiladi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2021
4938Toshkent shahri bozorlari va savdo shahobchalaridagi asosiy tovarlar bo‘yicha narxlarni monitoring qilish uchun “Bozor narxi” axborot tizimi joriy etiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, “Bozor narxi” axborot tizimi joriy yilning 1 noyabridan boshlab, tajriba tariqasida Toshkent shahrining barcha dehqon bozorlarida amaliyotga joriy etiladi.
“Bozor narxi” axborot tizimiga 33 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ularning haqqoniyligiga bozor ma’muriyati tomonidan biriktirilgan ir nafardan asosiy va bir nafardan zaxira xodimlar (operator) mas’ul bo‘ladi.
Toshkent shahridagi dehqon bozorlariga har kunlik keltirilgan, sotilgan asosiy turdagi qishloq-xo‘jaligi mahsulotlarini hajmi, eng quyi va yuqori narxlari, navi, turi va boshqa ma’lumotlar “Bozor narxi” axborot tizimiga bir kunda 2 marotaba (kun boshi va oxirida) muntazam kiritib boriladi.
“Bozor narxi” axborot tizimini 2022 yildan to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.
Toshkent shahrida joylashgan bozorlar va savdo shoxobchalarida sotilayotgan 33 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari nomlari
1. Mol go‘shti
2. Qo‘y go‘shti
3. Tovuq go‘shti
4. Baliq
5. Tuxum (ming d.)
6. Kartoshka
7. Piyoz
8. Sabzi qizil
9. Sabzi sariq
10. Pomidor
11. Bodring
12. Karam
13. Guruch
14. Loviya
15. No‘xat
16. Mosh
17. Un (Oliy nav)
18. Un (Birinchi nav)
19. Makaron
20. Kungaboqar yog‘i
21. Paxta yog‘i
22. Shakar
23. Sariyog‘
24. Sut
25. Olma
26. Nok
27. O‘rik
28. Shaftoli
29. Uzum
30. Olxo‘ri
31. Tarvuz
32. Qovun
33. Qovoq
LiveBarchasi