Bozorlardagi narx-navo e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida go‘sht 45 000 – 85 000 so‘mdan, shakar 8600 – 14 000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Statqo‘mi hududiy markaziy dehqon bozorlarida ayrim mahsulotlarning narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatuv natijalarini e’lon qildi.

Joriy yilning 13 aprel holatiga alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari:

Suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45 000 – 72 000 so‘m

Qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 85000 so‘m

Kartoshka (1 kg) ➖ 2 500 – 8000 so‘m

Piyoz (1 kg) ➖ 2000 – 6000 so‘m

Sabzi (1 kg) ➖ 1000 – 6000 so‘m

Tuxum (10 dona) ➖ 7000 – 14000 so‘m

Guruch (1 kg) ➖ 4500 – 20 000 so‘m

O‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 14 000 – 26000 so‘m

Shakar (1 kg) ➖ 8600 – 14 000 so‘m

Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

614

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing