Bozorlarda narx-navo qanday?
Intervyu
−
21 noyabr 2020
13226Xalqimizda otang – bozor, onang – bozor, degan yaxshi naql bor. Zamon rivojlanib, yaxshi sharoitdagi super, gipermarketlar ochilgan bo‘lishiga qaramay yoshi kattalar bozordan qo‘ymasin deb aytishadi.
Bozorga borgan odam har bir xaridni savdolashib qiladi. Narx-navoning hamyonbop bo‘lishi esa barcha uchun qulay. So‘nggi kunlarda bozorda oziq-ovqat maxsulotlarinig narxi oshgani ko‘p muhokama bo‘lyapti.
QALAMPIR.UZ ijodiy jamosi Chorsu, Farhod, Chilonzor dehqon bozorlarida bo‘lib, xaridorlar fikri bilan tanishdi. Kimdir narxlar arzon ekanini aytsa, kimdir majburan kamera qarshisida arzon deya qoldi. Yurak yutgan mardlar esa bozordagi yolg‘ondan ilingan narxlar haqida gapirdi. Xullas, hamma daromadidan kelib chiqib narx navoni yo oqladi, yo qoraladi. Gapirishga gapirib qo‘yib, bekor gapirdimda deganlar ham bo‘ldi.
E’tiborimizni tortgan narsa shu bo‘ldiki, qaysi bozorga bormaylik, bozor ma’muriyatidagilar ortimizdan qolishmadi. Savdogarlardan savol so‘rarkanmiz ko‘zlari bilan nima deyishni o‘rgatganlari ham bo‘ldi. Eng qizig‘i bu bozordan u bozorga borgunimizga qadar barcha xodimlar borishimiz va hattoki qaysi mavzuda so‘rovnoma qilayotganimiz haqida ham bir-birilarini ogohlantirishgan. Bu ishdagi kamchiliklarni berkitishmi yoki jonkuyarlik bilolmadik.
LiveBarchasi