Bozorlarda go‘sht narxi oshmoqda

Jamiyat

image

Mol va qo‘y go‘shtining narxlari hududlardan 40 000 so‘mdan boshlanib 85 000 so‘mgacha sotilmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan joriy yil 25 avgustdagi O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 40 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”dagi arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida qayd etilgan (40 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (65 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 45 000 so‘mdan 85 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (45 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” da (85 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori”, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Tashkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan yirik bo‘lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2 500 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da sotilgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 900 so‘mdan 3 500 so‘mgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da (900 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 500 so‘m).

Sabzi 1 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori” va Farg‘ona shahrining "Markaziy dehqon bozori”da (1 500 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida(6 000 so‘m) qayd etildi.

Tuxum 5 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, da sotuvda bo‘lgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori” da qayd etilgan (12 000 so‘m).

Guruch 5 500 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da(5 500 so‘mdan) qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 800 so‘mdan 15 000 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 8 800 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryo‘l dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 15 000 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 800 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (5 800 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (7 000 so‘m) kuzatildi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing