Bojxonachilarni aldamoqchi bo‘lgan shaxsning siri fosh bo‘ldi

Jamiyat

image

“Toshkent-AERO” ixtisoslashgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari yirik miqdordagi mobil telefonlarning yashirincha olib kirilishini fosh qildi. 

Parvozini yakunlaganiga 8 soatdan ortiq vaqt o‘tsa-da,  fuqaro R.M.ning aeroportdan chiqib ketishga harakat qilmasligi bojxona xodimlarini shubhalantiradi.

Yo‘lovchi o‘ziga tegishli 3 dona bagajning “Seul-Toshkent” reysi bo‘yicha keltirilganini tasdiqlovchi yorliqlarni olib tashlab, “Moskva-Toshkent” reysida keltirilgan boshqa bagajlardan olingan yorliklarni yopishtiradi. 

Bu bilan go‘yoki u Seuldan emas, boshqa shahardan kelayotgan yo‘lovchidek taassurot qoldirishga urinadi. 

Bojxonadan “qizil” yo‘lak orqali o‘tar ekan, ushbu yuklar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, qiymati 250 million so‘mlik 244 dona uyali telefonlar va 50 dona parfyumeriya vositalari bojxona nazoratidan yashirilgani fosh bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing