Bojxona to‘lovlaridan ozod etiladigan qurilish texnikalari turlari tasdiqlandi

Jamiyat

image

2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatda ko‘p qavatli monolit uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq import qilinadigan beton quyish qoliplari, beton tayyorlash mashina va mexanizmlari bojxona to‘lovlaridan (qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi. Bu haqda kecha, 19 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan  “Hududlarda ko‘p qavatli binolar qurish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorda keltirilgan.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari (27 turdagi) ham ushbu to‘lovlardan ozod etiladi.

Shuningdek, bojxona to‘lovlarini to‘lovchilar 2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatda import qilinadigan qurilish sohasida foydalaniladigan mashina va mexanizmlar, texnologik jihozlar, kichik mexanizatsiya vositalari, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini (qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 120 kungacha kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqiga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

qurilish texnikalari

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar