Bojxona tizimi xodimlari majburiy kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan qonun bilan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Shunga ko‘ra, bojxona organlarining:

•    jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
•    jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda pulli xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega ekanligi;
•    bojxona nazoratini amalga oshirishda maxsus vosita sifatida xizmat itlaridan foydalanishi mumkinligi belgilandi.

Bojxona organlarida lavozimlar va ularga muvofiq maxsus unvonlar Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Qonunda bojxona organlariga qabul qilingan xodimlarning majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tishi kerakligi belgilandi.

Sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinmaydi.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan O‘zbekiston yoki chet davlatning OTM va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga yuborilgan bojxona organi xodimi o‘qish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing