Bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murodjon Azimovga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Ushbu ma’lumotni Bojxona qo‘mitasi QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi. 

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga Nodir Musamuhamedov tayinlandi. Shu kungacha u Davlat bojxona qo‘mitasining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i edi.

Shu o‘rinda, Nodir Musamuhamedov o‘rniga Davlat bojxona qo‘mitasining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Shavkat Solihov tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, O‘tkirjon G‘ayratovich Qodirov ham Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

299

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing