Asosiy kasalliklarga davo bo‘luvchi 5 dori kashf qilindi

Biznes

Joriy yilning 26 noyabr kuni poytaxt Toshkentda xalqaro standartlarga javob bera oladigan BOVARD pharm farmatsevtika kompaniyasining taqdimoti nufuzli “Hilton” kongress xolida bo‘lib o‘tdi.

BOVARD pharm farmatsevtika kompaniyasi dastlab mintaqa aholisining salomatligini chuqur o‘rganib chiqib, ikki yarim yil davomida mutaxassislar bilan birga dorilarning tarkibi, ekstrakti, reaksiyaga kirishishi hamda inson organizmiga ta’sirini tahlil qildi. Shundan so‘ng besh yo‘nalishda, jumladan, nevrologiya, urologiya, andrologiya, ginekologiya, reproduktologiyada samarali ta’sir ko‘rsatuvchi noyob formulaga ega dorilarni ishlab chiqdi. Yarim yil davomida esa tayyor bo‘lgan mahsulotlarni nomlash va har biriga xalqaro patent olish ishlarini amalga oshirdi.

BOVARD pharm so‘zi Abu Ali ibn Sinoning “Donishnoma” asarida keltirilgan bo‘lib, yorug‘likning kuchiga nisbatan “aql bovar qilmas darajada tez” degan ma’noni anglatadi. Kompaniya asoschisi Kamoliddin Boboyev ana shu so‘zdan ilhomlanib, yangi loyihasini BOVARD pharm deya nomladi.

Uning aytishicha, Markaziy Osiyoda muqobili bo‘lmagan preparatlar Shveysariyaning mashhur va nufuzli DSM kompaniyasi bilan birgalikda tayyorlangan bo‘lib, u Yevropa farmatsevtika standartlariga to‘liq mos keladi.

“O‘rta Osiyo hamda o‘zimizning bozorlarimizni to‘liq o‘rganib chiqdik. Bizning mahsulotlarimiz shamollashning oldini olishda, urologik hamda nevrologik kasalliklarni davolashda samarali yordam beradi. Dorilar tarkibidagi ekstraktlarning barchasi Yevropadan olib kelingan. Hozirgi kunga kelib biz 2024 yil uchun Qozog‘iston, Tojikiston hamda Qirg‘izistondagi hamkorlarimiz bilan shartnoma imzoladik. O‘zbekiston bozorlarida ham mahsulotlarimiz 2024 yilning boshlaridan sotuvga chiqadi”, deydi brend asoschisi Kamoliddin Dadajanovich.

BOVARD pharm qanday mahsulotlarni taklif etyapti?

Bugungi kunda ko‘pchilik uyqusizlik, turli asab kasalliklariga duch kelmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, shu paytgacha fanga ma’lum bo‘lgan 60 foiz kasalliklarning kelib chiqishi asab hamda ruhiyat bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga borib taqaladi. Aynan shuning uchun ham BOVARD pharm o‘zining birinchi mahsuloti sifatida asab tizimini tinchlantiruvchi “Nevrelmin” preparatini ishlab chiqardi. Uning tarkibida “B” guruhi vitaminlari hamda magniy bo‘lib, ular asab tizimini tinchlantirishga xizmat qiladi. Natijada esa 150 turdagi biokimyoviy reaksiya tanada kuzatiladi. Oqsil-yog‘ almashinuvi yaxshilanadi va qonda gemoglobin ishlab chiqarilishi tezlashadi.

Shuningdek, nerv tizimi faoliyati va terini yaxshilab, metabolizmni kuchaytiradi, soch to‘kilishining oldini oladi, ichaklardagi almashinuvni yaxshilaydi. “B3” nikotin kislotasi esa asab tizimlariga ta’sir ko‘rsatib, qon tomirlarini kengaytiradi. Qon bosimi va xolesterinni kamaytiradi, trombozning oldini oladi. Uning tarkibida bo‘lgan magniy mikroelementi diqqatni jamlashga ko‘maklashadi, uyqusizlikdan xalos etadi, tushkunlikdan chiqaradi. U yurak qon-tomir, immun tizimini sozlaydi. Bundan tashqari, kompaniya bir qator foydali xususiyatlarga boy “Errectpro” erkaklarni ereksiyasini kuchaytirish va impatensiyani oldini olish uchun , “Aktosper” erkaklarda urug‘ sifatini oshirish va befarzandlikni oldini olish uchun , “Libiprost” erkaklarda prostata bezi yalig‘lanishini  va prostata adenomasini oldini olish uchun samarali tasir ko‘rsatadi, hamda “MPS Dynamic” vitamin kompleks ayellar organizmida immunitetni mustaxkamlashda va teriga joziba berishda samarali yordam beruvchi  preparatlarni ham taklif etmoqda.

Mazkur preparatlarni ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etgan Nigora Ismoilovaning aytishicha, hozirda turli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillardan biri stress hisoblanadi. 

“Hozirda kelib chiqayotgan muammolardan biri bu stress hisoblanadi. Stress jinsiy zaiflikka olib kelishi oqibatida oilada ham turli vaziyatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunday muammolarni bartaraf etishda BOVARD pharm kompaniyasining mahsulotlari to‘liq yordam berishiga aminman. Chunki o‘zim kuzatib, shu natijalarni ko‘rganman. Men o‘ylaymanki, bu mahsulot nafaqat bugungi kun odamlariga, balki kelajak avlod uchun ham baxt olib keladi”, deydi u.

O‘z oldiga xastaliklarni dori-darmonsiz davolash, inson organizmining ichki kuchlari va resurslarini tiklashni maqsad qilgan kompaniya ekstrakt va bir qancha ingrediyentlardan foydalangan holda so‘nggi zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirmoqda. BOVARD pharm preparatlari 2024 yilda iste’mol uchun taqdim etiladi.

O‘zbekiston bo‘ylab va Xalqaro hamkorlik uchun: +998 55 900 03 03
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring: bovard.uz
Instagram: bovard.pharm

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

BOVARD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar