Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Jamiyat
−
07 noyabr 2020
10614Bugun, 7 noyabr kuni Buxoroda xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqida Buxoro viloyati axborot xizmati xabar bermoqda.
Botir Zaripov bundan oldin "O‘zqurilishmateriallari" uyushmasining raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bundan tashqari, 2008-2012 yillar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari, 2012-2013 yillar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank bo‘lmagan kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish departamenti direktori, 2013-2015 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyalash va kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish departamenti direktori,
Botir Zaripov 2015-2016 yillarda - "Agrobank" ATB Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyi oxirlarida Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov 66 yoshida vafot etgan edi.
Karim ZARIPOV
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr