Bosma nashrlarning iqtisodiy muammolari hal etiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan dasturda belgilanishicha, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ular muassisliklaridagi gazeta va jurnallarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ulardagi tahririyat xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarning manbaalarini aniqlash, shuningdek, mazkur bosma nashrlarning veb-sayt shaklini yaratish masalasi hal etiladi.

Hukumat qarori loyihasini amalga oshirish muddati 2020 yil mayga qadar belgilangan bo‘lib, uni bajarish Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), Moliya vazirligi (Ishmetov) zimmasiga yuklatildi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bosma nashr

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar