Boshqirdiston O‘zbekistonga yonilg‘i eksportini 45 baravar oshirdi

Olam

image

2020 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning va Boshqirdiston Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi 2019 yilning mos davriga nisbatan 76 foizga o‘sdi. Bu o‘sish Boshqirdistonning O‘zbekistonga yonilg‘i eksportini 45 baravar oshirgani hisobiga yuz berdi. Bu haqda mahalliy OAV Boshqirdistonning tashqi iqtisodiy aloqalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Lena Izotovaga tayanib xabar berdi.

“2020 yil yanvar-avgust oylarida yonilg‘i yetkazib berish 45 baravardan ko‘proqqa oshgani sababli tashqi savdo aylanmasi 2019 yilga nisbatan 76 foizga o‘sgani hamkorligimiz rivojlanishining asosiy omili bo‘ldi. Shuningdek, eksportning jadal o‘sishi “Shakar va shakar mahsulotlari” guruhida kuzatilmoqda. Hozirda uni yetkazib berish 149 dollardan deyarli 5 million dollarga o‘sdi. 2020 yilda 147 ta tadbirkor O‘zbekiston mahsulot eksport qilishdi”, degan Lena Izotova.

Boshqirdiston Tashqi iqtisodiy aloqalar davlat qo‘mitasi raisi Margarita Bolichevaning xabar qilishicha, respublikaning tashqi va tashqi iqtisodiy siyosatida O‘zbekistonga muhim o‘rin berilgan.

“O‘zbekiston azaliy sherikdir, shu jumladan import-eksport jihatidan. So‘nggi 5 yil ichida respublikalar o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1,5 barobar o‘sib, 60 million dollardan 99 million dollarga yetdi. Bunday o‘sish mexanik uskunalar va texnika, yog‘och mahsulotlari, shisha buyumlar eksportining ortishi, shuningdek, O‘zbekistondan importning o‘sishi bilan bog‘liq”, dedi Margarita Bolicheva.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Boshqirdiston

Baholaganlar

148

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar