Boshqa viloyatlarda Prezident maktablari qachon ochiladi?

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Axborot xizmati rahbari Anvar Umarov O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida Prezident maktablari qachon ochilishiga oydinlik kiritdi.

Unga ko‘ra, hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida Prezident maktablari faoliyat yuritmoqda. 2021-2022 o‘quv yilidan boshqa barcha hududlarda Prezident maktablari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. 

2020 yilda Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida Prezident maktablari qurilish ishlari olib borilgan.

2021 yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Prezident maktablari qurilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing