Bosh vazirsiz qolgan Buyuk Britaniya qanday boshqarilayotgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
07 aprel 2020
5122Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning ahvoli u reanimatsiyaga o‘tkazilganidan so‘ng o‘zgarmadi. Ayni paytda siyosatchiga o‘pkaga sun’iy havo berish apparatiga ulanmagan. Bu haqda vazirlar mahkamasining devonxona boshlig‘i Maykl Gouv “The Guardian” nashriga ma’lum qilgan.
"Jonson o‘pkaga sun’iy havo berish apparatiga ulanmagan. U kislorod bilan ta’minlanmoqda va reanimatsiyada yotishining sabablaridan biri uni har qanday vaqtda olish mumkinligidadir”, dedi Gouv.
Shuningdek, siyosatchi mamlakat hukumati bosh vazirsiz odatdagidek rejimda ishlayotganini ta’kidladi. Hozirda Jonsonning vazifasini Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bajarmoqda.
Avvalroq, ITV telekanalining siyosat bo‘limi muharriri Robert Pestonning so‘zlariga ko‘ra, Jonson hushida, biroq nafas olishi osonlashishi uchun sun’iy nafas olish uskunasiga ulangangani haqida xabar bergan edik.
5 aprel kuni Jonson Londondagi shifoxonaga yotqizilgan. Bosh vazir 10 kun davomida COVID-19 alomatlari kuzatilgani uchun shifoxonaga yotqizilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusga 51 608 nafar odam chalindi. 135 bemor shifo topgan bo‘lsa, 5 373 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi