Bosh vazirning matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining ayrim xodimlarini egallab turgan lavozimlaridan ozod qilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

O‘zbekicton Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangi tasdiqlangan ijro etuvchi tuzilmasiga muvofiq:

•    Baxtiyor Madaminovich Hasanov pensiyaga chiqishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi lavozimidan;

•    Zafar Shoxotamovich To‘xtayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati Sog‘liqni saqlash va sport sohasidagi islohotlarni muvofiqlashtirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing