Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umrzoqovga yana bir rahbarlik vazifasi topshirildi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining lavozim majburiyatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.  

O‘zgartirishlarga muvofiq Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining faoliyati investitsiya va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, Respublikada qulay investitsiya muhitini saqlash, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarining eksport hajmlari hamda geografiyasini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan.

Ma’lum qilinishicha, bunda avval uning bevosita javobgarligiga kiritilgan davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi siyosatni rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni muvofiqlashtirish sohasiga bog‘liq masalalar qayta taqsimlangan.

Quyidagi vazifalar uning bevosita javobgarligidan chiqarilgan:

  • Bojxona organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy AKTlarni joriy etish, bojxona to‘lovlarining to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash borasida bojxona organlarining faoliyati muvofiqlashtirilishi;
  • import qilinadigan mahsulot hajmlari va turlarining har tomonlama tahlil etilishini tashkil qilish, shu asosda importni yanada qisqartirish, import bojxona bojlarini optimallashtirish, bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirishga doir takliflar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish;
  • butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, mahalliylashtiriladigan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
  • Prezidentning hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida O‘zbekiston hududida o‘ziga xos tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziyalar berish ishlarini tashkil etish. 

 
Yangi vakolatlar doirasida Prezidentning “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tashkil etilgan Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qilish Bosh vazir o‘rinbosari zimmasiga yuklatilgan.

Bundan tashqari, Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi boshlig‘i va mutaxassislarining funksional vazifalarini taqsimlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

323

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing